Noqonuniy oltin qazuvchilar 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi bilan ushlandi
3-sahifa
−
28 yanvar 4415 2 daqiqa
Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olinib, ulardan 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan davlat zaxirasidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib olish va uni kimyoviy qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchilar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Xususan, noqonuniy oltin savdosiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy guruh xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilgan holda soliq, geologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator qonunchilik talablariga zid ravishda faoliyat yuritgan.
Jinoiy guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari boshchilik qilgan.
O‘tkazilgan tadbirda qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 250 kg boyitilgan ko‘mir hamda 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyoviy vositalar, oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan laboratoriya jihozlari, maxsus idishlar, gaz ballonlar hamda boshqa asbob-uskunalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Uyushgan jinoiy guruh tomonidan oltinni ajratib olish uchun sun’iy yaratilgan 4 ta hovuz kimyoviy vositalar bilan to‘ldirilib, 1 gektar yer sanoat ishlab chiqarish maydoniga aylantirilgan.
Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan umumiy qiymati 15,5 mlrd so‘mlik tog‘ jinslarini o‘zlashtirganlar ushlangandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral