Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
28 yanvar 7565 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,96 so‘mga oshdi va 12 168,98 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 169,17 so‘mga balandladi va 14 588,17 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,37 so‘mga oshdi va 159,89 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 8,29 so‘mga oshdi va 1752,02 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 20 ming 900 so‘mga oshdi va 2 mln 58 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 28 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 30 mln 398 ming 600 so‘mga oshgan va 1 mlrd 93 mln 818 ming 24 so‘m etib belgilangan.