Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi
Jamiyat
−
28 noyabr 6390 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 38,65 so‘mga oshdi va 11 940,95 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 34,01 so‘mga ko‘tarilib, 13 814,49 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,5 so‘mga oshdi va 152,68 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 7,32 so‘mga balandladi va 1687,72 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 8 400 so‘mga tushdi va 1 mln 634 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 28 noyabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 6 mln 845 ming 881 so‘mga oshgan va 1 mlrd 96 mln 223 ming 340 so‘m etib belgilangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr