Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
07 yanvar 10151 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 64,69 so‘mga oshdi va 12 033,28 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 40,88 so‘mga balandladi va 14 060,89 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,56 so‘mga oshdi va 149,30 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,97 so‘mga ko‘tarildi va 1720,64 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 5 ming 800 so‘mga oshdi va 1 mln 777 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 7 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 14 mln 62 ming 817 so‘mga tushgan va 1 mlrd 105 mln 483 ming 743 so‘m etib belgilangan.