Dunyoda har uch soniyada 1 bola nikohlanmoqda – BMT

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘yicha har besh qizdan biri 18 yoshga yetmasdan oldin rasmiy yoki norasmiy nikohlanadi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholi jamg‘armasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, butun dunyo bo‘ylab bugungi kunga qadar taxminan 640 million qiz voyaga yetmasdanoq turmush qurgan. Har yili 12 million o‘smir qiz 18 yoshga yetmasdan turmushga chiqadi. Bu esa har 3 soniyada bir o‘smir qiz nikohlanadi degani. Eng ko‘p holat esa Janubiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida uchraydi.

“Child marriage data portal” Markaziy Osiyoda 1999 yilda bu ko‘rsatkich 13 foiz bo‘lgan va 2024 yilda 6 foizga tushganini keltirib o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1997 yildan 2022 yilgacha 15 yoshgacha turmush qurganlar soni 48,5 ming, 18 yoshgacha turmush qurganlar soni esa 1,1 million nafarni tashkil etgan. Viloyatlar orasida esa eng ko‘p kuzatilgan holat Samarqandda 3 foiz, Andijonda 2 foiz, Farg‘onada 1 foiz va Qoraqalpog‘istonda 0,8 foiz qayd etilgan.

Shuningdek, BMT Aholi jamg‘armasi global miqyosda bolalar nikohi asta-sekin kamayayotganini ma’lum qilgan. 2000 yilda 20–24 yoshdagi ayollarning uchdan biri voyaga yetmay turmush qurganini aytgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich beshdan birga tushgan. 15 yoshgacha turmushga chiqish darajasi ham pasayib, 2000 yilda 11 foizdan 2021 yilda 5 foizga yetgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 25 yil ichida 68 million bolalar nikohini oldini olishga erishilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1 yilda qancha nikoh qayd etilgani haqida xabar qilingan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

nikoh Dunyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing