O‘zbekistonda 1 yilda qancha “oltmishvoy” va “yetmishvoylar” tug‘ildi?

Bu qiziq

image

2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tug‘ilish qayd etilgan. Tug‘ilishlar otaning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • 25 yoshgacha — 97 917 nafar;
  • 25–39 yosh — 718 798 nafar;
  • 40–59 yosh — 62 246 nafar;
  • 60 yosh va undan kattalar — 638 nafar, shundan 70 yoshdan oshganlar — 48 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, 2025 yilda O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaygan. Statistikaga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 884 500 bola tug‘ilgan – bu 2024 yilga (926 400) nisbatan 5,3 foizga kam. Bu pasayish deyarli barcha hududlarda kuzatilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda nikohlar soni ham kamaygan. 2025 yilda 267 100 ta nikoh qayd etilgan – bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan 2024 yilga (271 800 ta) nisbatan 1,7 foizga kam.


Maqola muallifi

Teglar

nikoh tug'ilish oltmishvoy etmishvoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing