Dushmanlarni umidsizlikka tushiramiz – Pezeshkiyon xalqqa murojaat qildi
Olam
−
01 mart 12526 1 daqiqa
Bugun, 1 mart kuni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakatidagi keskinlik fonida vatandoshlariga murojaat yo‘lladi. Uning murojaatini “Mehr” translyatsiya qildi.
“Biz dushmanlarimizning bazalari va imkoniyatlarini yo‘q qilish orqali ularni umidsizlikka tushiramiz. Dushmanlarning rejalari qarshisida biz birdam bo‘lishimiz kerak”, deydi u.
Prezident Eron xalqi dushman qarshisida jipslashishi zarurligini, fuqarolarning maydonlar va masjidlarda bo‘lishi “dushman fitnalariga” to‘sqinlik qilishini urg‘ulagan. Shuningdek, Pezeshkiyon yangi Oliy rahbar saylangunga qadar mamlakatni boshqaradigan Eron rahbariyati Kengashi allaqachon ish boshlaganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va AQSHning Eronga zarbalari kecha, 28 fevral kuni ertalab boshlandi. Hujumlar davomida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilgan – uning jasadi Tehrondagi qarorgohi vayronalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur va Mudofaa vaziri Amir Nasirzoda ham halok bo‘lgan.