Egey dengizida migrantlar kemasi halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 3 fevral kuni Egey dengizida migrantlarni tashiyotgan tezkor kater bilan Gretsiya Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati patrul kemasi to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gretsiya Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Turkiyadan Gretsiyaning Xios oroliga bir necha o‘n nafar migrantni olib ketayotgan katerni aniqlagan. Patrul katerni to‘xtashga chaqirgan, biroq u qochishga uringan. Kema bilan katerning aynan nimadan to‘qnashgani hozircha noma’lum.

To‘qnashuv oqibatida katerda bo‘lgan ko‘plab odamlar suvga cho‘kib ketgan. Rasmiylarga ko‘ra, dengizdan 14 nafar kishining jasadi chiqarib olingan. Yana bir kishi shifoxonada vafot etgan. Turli darajadagi jarohatlar bilan 25 kishi jabrlangan, ular orasida 11 nafar bola, 2 nafar homilador ayol va Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining 2 nafar xodimi bor. Hodisa oqibatida homilador ayollar farzandlarini yo‘qotgan. Uch nafar jabrlanuvchida zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rta yer dengizida qayiq cho‘kib ketishi oqibatida kamida 50 nafar migrant halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya migrantlar Egey dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing