Endi ayrim blogerlar Koreyaga kiritilmasligi mumkin

Olam

image

Janubiy Koreya haqida haqoratli yoki yolg‘on ma’lumot e’lon qilgan chet ellik blogerlarning mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, joriy haftada bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Adliya vaziri Chun Son Xo yangi taqiq joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

“Biz Janubiy Koreyaga nisbatan nafrat bildirayotgan xorijliklarning kirishini cheklash bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rib chiqamiz”, degan u.

Nashrga ko‘ra, ilgari koreys madaniyatini masxara qiluvchi yoki umumiy salbiy xulosalar chiqaruvchi videolar shunchaki provokatsiya yoki “klikbeyt” deb hisoblangan. Ammo taklif etilayotgan cheklovlar kuchga kirgach, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ushbu g‘oya bir necha shov-shuvli holatlardan so‘ng paydo bo‘lgan. Xususan, o‘tgan yili amerikalik strimer Jonni Somali do‘konlardan birida jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzgan videoni e’lon qilgach, tergov ostida qolgan. Yaponiyalik bloger Debo-chan esa Janubiy Koreyada go‘yoki o‘nlab shikastlangan jasadlar topilgani haqida soxta video e’lon qilgani uchun mojaroga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya bloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing