Endi tig‘iz vaqtda yuk mashinalarining Toshkentga kirishi cheklanadi 

Jamiyat

image

Endi ertalabki va kechki tig‘iz vaqtda Toshkent shahriga kelgan yuk mashinalari shaharga kirish nuqtalaridagi to‘xtash joylarida 3 soat kutib turadi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov “Menimcha” ko‘rsatuvida so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrining “Erkin”, “Sharq”, “Bektemir”, “Uch qahramon” va “Turbanov” yo‘l-patrul xizmati maskanlarida poytaxt va unga tutash hududlardan keladigan mashinalar uchun 5 ta avtoturargoh qurish loyihasi taqdim etilgan. Shuningdek, mazkur nuqtalarda avtovokzal va kempinglar ham joylashtiriladi. Taqdimotga ko‘ra, ba’zi ob’ektlar uchun 7,7 gektar, 4,25 gektar va 8 gektarlik yer maydonlari ajratiladi. Eng gavjum post “Erkin” posti hisoblanadi. Ushbu post orqali kuniga 40-50 ming avtomobil kirib-chiqadi.

Aziz Toshpo‘latovning aytishicha, tig‘iz paytlarda yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirishi cheklanadi.

“Samarqanddan yuki bilan chiqqan mashina 8:00 ga to‘g‘ri kelib qolsa, 3 soat to‘xtab turadi. Ruxsat berilganidan keyin kirib ketaveradi. Shunda vaqt tig‘iz payti – ertalabki, kechki paytlarda harakatni cheklaymiz. Qolgan paytlarda mikroavtobuslar yuradi”, deydi Aziz Toshpo‘latov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida Toshkent shahrining kirish va chiqish qismlariga o‘rnatilgan postlar ko‘chirilishi haqida aytgan edi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning bildirishicha, bugungi kunda poytaxtga kuniga 400 mingdan ortiq mashina kirib keladi va 1 milliondan ortiq aholi kirib-chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri Aziz Toshpo'latov Erkin post

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing