Endi turkmanistonliklar AQSH vizasi uchun garov puli to‘laydi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatga kirish uchun ariza topshirishda 15 ming dollargacha garov puli kiritish talab etiladigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatga Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau, Namibiya va Turkmaniston qo‘shilgan. Endilikda ushbu ro‘yxatda 13 ta davlat bor bo‘lib, ularning deyarli barchasi Afrika mamlakatlari hisoblanadi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi qoidalar joriy yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Ular amaldagi talablarni to‘ldiradi: shaxsiy suhbatdan o‘tish, ijtimoiy tarmoqlar, avvalgi safarlar va oila a’zolarining yashash sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish. AQSH rasmiylari garov puli viza shartlariga rioya etilishini kafolatlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Agar viza berilmasa yoki arizachi viza rejimini buzmaganini tasdiqlasa, kiritilgan summa qaytariladi. Bungacha mazkur ro‘yxatga Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi hamda Zambiya kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp AQSHga kirishni Suriya va yana bir qator davlatlar fuqarolari uchun taqiqlagandi. Yangi cheklovlar 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirgan va jami 20 ta mamlakat hamda hududni qamrab olgan, shu bilan avvalgi ro‘yxat ikki barobarga kengaygan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp AQSh vizasi garov puli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing