Isroil va Suriya AQSH yordamida aloqa kanalini yaratmoqda
Olam
−
07 yanvar 1035 2 daqiqa
Bugun, 7 yanvar kuni Suriyada ichki nizolar kuchayayotgan bir pallada, AQSH Davlat departamenti Suriya va Isroil Vashington vositachiligida savdo, xavfsizlik va razvedka masalalarini muvofiqlashtirish uchun platforma yaratishga kelishib oldi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar vositachiligida Parijda Isroil va Suriyaning yuqori martabali vakillarining uchrashuvidan so‘ng, kelishmovchiliklarni hal qilishga va tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradigan platforma yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi hali bunday mexanizmning yaratilishini aniq tasdiqlamagan. Biroq bir bayonotida Isroilning Suriya bilan iqtisodiy hamkorligini “ikkala mamlakat manfaati uchun” chuqurlashtirish zarurligi bildirgan.
2024 yil dekabr oyida Isroil quruqlikdagi kuchlari 1973 yildagi Yom-kipur urushidan beri birinchi marta Suriya hududiga ochiqchasiga kirib, qurolsizlantirilgan chegara zonasini kesib o‘tdi. Bungacha Isroil armiyasi “Golan tepaliklari jamoalari va Isroil fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun” Suriya bilan chegaradagi bufer zonasiga va ularni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa bir qator joylarga kuchlar joylashtirilishini e’lon qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Suriya va Isroil 1948 yildan beri rasman urush holatida. Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) Suriyadagi nishonlarga muntazam ravishda hujum qiladi va bu operatsiyalarning maqsadi qurol omborlari yoki harbiy texnikani yo‘q qilishni ko‘rsatib beradi.
AQSH Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va Suriya Parijda o‘z vakillarining uchrashuvidan so‘ng uzoq muddatli xavfsizlik shartnomalari ustida ishlash istagini tasdiqlagan, AQSH esa buni olqishlagan.
O‘tgan yilning sentyabr oyida Isroil va Suriya chegara hududida Suriya va Isroil kuchlarining mavjudligini tartibga soluvchi xavfsizlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini e’lon qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvar kuni Suriya delegatsiyasi AQSH vositachiligida Isroil bilan muzokaralarga kirishgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi