Endi o‘quvchilar fiziologik holatiga qarab sportga yo‘naltiriladi
Sport
−
18 iyul 4201 1 daqiqa
O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu kecha, 17 iyul kuni qabul qilingan 447-sonli “O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari shakllantirilib, “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.
“ERP-maktab” axborot tizimida o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.
Live
Barchasi