Endi Ukraina AQSH uchun ustuvor yo‘nalish emas – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bayonot berib, AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning keskinlashuvi fonida Kiyev Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berilishi qisqarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi. 

“Biz juda zarur bo‘lgan Patriot raketalari yetkazib berilishi qisqarishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hozir biz ustuvor yo‘nalish emasmiz”, degan Zelenskiy AQSH harbiy yordami dinamikasini izohlar ekan.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi uzoq davom etayotgan mojaro AQSH tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni yanada kamaytirishi mumkin. Chunki Vashington o‘z resurslari va siyosiy e’tiborini boshqa mintaqaviy ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirmoqda.

Zelenskiy shuningdek, Patriot tizimlari va ular uchun o‘q-dorilar tanqisligi avvaldan ham mavjud bo‘lganini ta’kidlagan.

“Bunday tizimlar ilgari ham hech qachon yetarli miqdorda yetkazib berilmagan”, degan Zelenskiy. 
U Ukraina havo hududini himoya qilish uchun uzoq masofali havo mudofaa vositalari doimiy ravishda yetishmasligini qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari doirasida yadro quroli berishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing