Eng ko‘p libosi sotilgan futbolchilar e’lon qilindi
Sport
−
29 noyabr 10697 1 daqiqa
“Barselona”ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamalning libosi 2025 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan futbol formasi bo‘ldi va bu borada u Lionel Messidan o‘tib ketdi. Bu haqda “Score 90” nashri xabar berdi.
“Score 90” tomonidan e’lon qilingan so‘nggi marketing tadqiqotiga ko‘ra, Lamin Yamalning libosi dunyo bo‘ylab 1,315 million dona sotilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni argentinalik yulduz Lionel Messi egalladi. Uning “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi futbolkasi 1,278 million dona sotilgan.
Uchinchi o‘rinni Robert Levandovski egallagan, Polsha hujumchisining muxlislari 1,110 million dona libos sotib olgan. Undan keyingi o‘rinlarni “Real Madrid” ning ikki hujumchisi Kilian Mbappe va Vinisius Junior egallagan. Mbappening liboslar sotuvi 1,020 million donani tashkil etsa, braziliyalik futbolchining esa 992 ming dona futbolkasi sotilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyadagi irqchilik va ksenofobiyaga qarshi Observatoriya Lamin Yamalni ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli postlarda eng ko‘p nafrat nishoniga aylangan futbolchi ekanini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi