Erdo‘g‘an Turkistonda kutilmaganda kortejini to‘xtatdi (video)

Olam

image

Bugun, 15 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiston shahri ko‘chalaridan birida kutilmaganda o‘z kortejini to‘xtatib, mahalliy aholi bilan suhbatlashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Turkiston viloyati hokimligi Turkiy davlatlar sammitiga yo‘l olgan Turkiya Prezidentini mahalliy aholi qanday kutib olgani aks etgan videoni e’lon qilgan.

“Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitiga tashrif buyurgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kortejini to‘xtatib, yo‘l chetida unga qo‘l silkib turgan odamlar bilan salomlashdi. U turkistonliklar bilan suratga tushib, o‘zining samimiy e’tiborini namoyish etdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga kelgan edi. Erdo‘g‘anning tashrifi munosabati bilan Mustaqillik saroyi uzra Qozog‘iston Respublikasi Havo mudofaasi kuchlarining qiruvchi samolyotlari maxsus namoyish parvozini amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing