Erkak pul olish uchun bankka singlisining skeletini olib bordi (video)

Olam

image

Hindistonda bir erkak vafot etgan singlisining hisobidagi pullarni olish uchun uning suyaklarini bankka olib bordi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Dianali qishlog‘ida yashovchi 55 yoshli Jitu Mudnu avvalroq bir necha bor “Gramin” bankiga murojaat qilib, singlisi Kalraning hisobida bo‘lgan 211 dollarni naqdlashtirishga harakat qilgan. Ayol shu yilning yanvar oyi oxirida vafot etgan va hech qanday merosxo‘r qoldirmagan, shu sababli pullar qonuniy ravishda uning akasiga tegishli bo‘lgan.

Shu vaqt ichida bank xodimlari merosxo‘rdan o‘lim haqidagi guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat talab qilgan. Biroq savodsizligi tufayli erkak undan nima talab qilinayotganini tushunmagan va singlisining qabrini kavlagan.

“Men bir necha marta bankka bordim, u yerda esa pullarni olish uchun hisob raqami egasini olib kelishim kerakligini aytishdi. Uning vafot etganini aytsam ham quloq solishmadi va uni bankka olib kelishimni talab qilishdi. Noilojlikdan qabrni kavladim va uning o‘lganiga dalil sifatida skeletini ko‘tarib keldim”, deydi Jitu Mudnu jurnalistlarga.

Ushbu voqea politsiya e’tiborini tortgan. Vaziyatni o‘rgangan huquq-tartibot idoralari erkakka pullarni yechib olishda yordam berishga va’da bergan. Shu bilan birga, marhumaning suyaklari qayta dafn etilishini nazorat qilgan.

Mahalliy hokimiyat organlari ham o‘z navbatida bankka murojaat qilib, zarur choralarni ko‘rishni va erkakka tegishli bo‘lgan 211 dollarni to‘lab berishni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Dianali Gramin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing