Eron ayrim kemalar uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochdi
Olam
−
17:34 1430 2 daqiqa
Bugun, 4 aprel kuni zarur bo‘lgan asosiy tovarlar va insonparvarlik yordamini tashuvchi kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga ruxsat berildi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.
Qayd etilishicha, gap Eronga yoki Ummon dengizidagi boshqa davlatlarning portlariga yo‘l olgan kemalar haqida bormoqda.
“Islom Respublikasida shoshilinch tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortib bormoqda. Agar mojaro davom etsa, asbob-uskunalar zaxirasi tugab qolishi mumkin”, deb yozmoqda “Reuters”.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasining Erondagi delegatsiyasi rahbariga ko‘ra, mojaro boshlanganidan beri Eronda kamida 1,9 ming kishi halok bo‘lgan va 20 ming kishi jarohatlangan.
Amerikaning HRANA huquqni himoya qilish tashkiloti esa urush boshlanganidan beri 3531 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Unga ko‘ra, qurbonlarning 1607 nafari tinch aholi vakillari, shu jumladan kamida 244 nafari bolalardir.
Qayd etish joiz, harbiy operatsiya boshlanganidan keyin Eron jahon neft va suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib berishning salmoqli qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozida savdo to‘xtatilganini e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, bo‘g‘oz “Eron dushmanlari” bilan bog‘liq bo‘lgan kemalardan tashqari barcha uchun ochiq qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli neft va o‘g‘it narxi ko‘tarilishi fonida insoniyat tubsizlik yoqasiga kelib qolganini aytgandi.
Live
Barchasi