Eronga qarshi urushda AQSH qancha askarini yo‘qotdi?
Olam
−
09:28 7091 1 daqiqa
AQSHning Eronga qarshi “Epik g‘azab” harbiy operatsiyasi boshidan beri 365 nafar amerikalik harbiy jarohat olgan, 13 nafari esa halok bo‘lgan. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Pentagonning ma’lum qilishicha, jarohatlanganlar tarkibi quyidagicha:
- 247 nafari – quruqlik qo‘shinlari;
- 63 nafari – dengiz kuchlari;
- 36 nafari – havo kuchlari;
- 19 nafari – dengiz piyodalari.
Halok bo‘lganlar soni 13 nafar bo‘lib qolmoqda. Ulardan 7 nafari jangovar harakatlar oqibatida vafot etgan (jumladan, Quvaytdagi Eron havo hujumida 6 kishi va Saudiya Arabistonida yaralangan 1 harbiy). Yana 6 nafari esa samolyot halokati oqibatida vafot etgan va bu jangovar bo‘lmagan yo‘qotish hisoblanadi.
HRANA ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soatda Eronning 13 viloyatida 206 ta hujum qayd etilgan. Oqibatda kamida 1 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Urush boshidan beri esa kamida 1607 nafar tinch fuqaro (jumladan 244 bola) halok bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH operatsiya maqsadlariga deyarli erishgani va urush yana 2–3 hafta davom etishini bildirgan.
Shuningdek, OAV xabariga ko‘ra, Eron Fors ko‘rfazi hududidagi 13 ta AQSH harbiy bazasining aksariyatiga sezilarli zarar yetkazgan. Umumiy zarar qariyb 1,5 milliard AQSH dollarini tashkil etadi, kamida 300 nafar harbiy jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Kongressdan 2027-moliya yili uchun mudofaaga taxminan 1,5 trillion AQSH dollari ajratishni so‘ragandi.
Live
Barchasi