Eron ba’zi kemalarga Hormuz orqali o‘tishga ruxsat berdi

Olam

image

Eron Tehron orqali Xalqaro dengiz tashkilotiga a’zo davlatlarga maktub yuborib, “dushman bo‘lmagan kemalar” Hormuz bo‘g‘ozi orqali Eron rasmiylari bilan kelishilgan holda o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Maktubda Eron Tashqi ishlar vazirligi Tehron “agressorlar va ularning ittifoqchilari bo‘g‘ozdan Eronga qarshi operatsiyalarda foydalanmasligi uchun zarur va mutanosib choralar ko‘rganini” bildirgan.

Eron rasmiylari avval ham bu dengiz yo‘li faqat “dushman kemalar” uchun yopilganini ta’kidlab kelgan. Eronning xalqaro dengiz tashkilotidagi vakili Ali Musaviyning aytishicha, kemalar xavfsizlik choralarini Tehron bilan kelishgan holda bemalol o‘tishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron dengiz xavfsizligini ta’minlash va Fors ko‘rfazidagi dengizchilarni himoya qilish uchun xalqaro hamkorlikka tayyor.

AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, Eron Hormuz bo‘g‘ozida savdoni to‘xtatganini e’lon qilgan edi. Bu bo‘g‘oz orqali dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan gazning 30 foizdan ortig‘i o‘tadi, shuning uchun uning yopilishi energiya narxlarining keskin oshishiga olib kelgan.

Tramp muzokaralarda kelishuvga erishilsa, bo‘g‘oz “tez orada ochilishi” mumkinligini aytgan. U hatto bo‘g‘oz “qo‘shma nazorat ostida bo‘lishi mumkin”ligini ham bildirgan.

Biroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bu bayonotlarni “psixologik urush” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp avval Eronni 48 soat ichida bo‘g‘ozni ochishga chaqirib, aks holda elektr stansiyalarini yo‘q qilish bilan tahdid qilgan edi. Tehron esa bunga javoban, agar AQSH Eron energetikasiga zarba bersa, Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq yopishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Hormuz Ali Musaviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing