Eron sulhdan voz kechishi mumkin – OAV
Olam
−
08 aprel 6914 2 daqiqa
Agar Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda va Livanga hujum qilishda davom etsa, Eron sulhdan voz kechishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Tasnim” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Livandagi Eron qo‘llab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” harakatiga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish kelishuv bandlaridan biri hisoblanadi, shu bois Islom Respublikasi undan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
“Isroilning Livanga uyushtirgan hujumlari bilan bir vaqtda Hormuz bo‘g‘ozi orqali tankerlar harakati to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) hozirgi keskinlik boshlanganidan beri “Hizbulloh” ob’ektlariga eng yirik zarbalar seriyasini bergani ma’lum bo‘lgan edi.
Kecha, 7 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Eron Pokiston iltimosiga binoan 2 haftalik sulhga erishgani haqida e’lon qildi. Tramp Eron Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq, darhol va xavfsiz ochishga rozi bo‘lishi sharti bilan Eronga qarshi bombardimon va hujumlarni ikki hafta muddatga to‘xtatishga rozi ekanini bildirgan. Shuningdek, u Erondan 10 banddan iborat taklif olganini va uni muzokaralar olib borish uchun maqbul asos deb hisoblashini qayd etgan.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Eron va AQSH rozi bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish “Livanda va hamma joyda” amal qilishi kerakligini aytgandi. Biroq Isroil bu bayonotni rad etmoqda. Xususan, sulh e’lon qilingandan keyin ham Livan janubida joylashgan Al-Kalaila aholi punkti yaqinida Isroil droni tez yordam mashinasiga zarba berdi. Hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Live
Barchasi