Isroil Livan janubiga kuchli zarba berdi (video)
Olam
−
08 aprel 2031 2 daqiqa
Bugun, 8 aprel kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi AQSH va Eron o‘rtasidagi ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish tartibi Livanga taalluqli emasligini ma’lum qilganidan so‘ng Isroil xarbiy havo kuchlari Livan janubiga kuchli havo hujumlari to‘lqinini amalga oshirdi. Bu xaqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 aprel erta tongda Isroil xarbiylari Livanning janubiy hududlari bo‘lmish Tir va Nabatiye shaharlariga havo hujumlarini uyushtirgan. Hujumlar oqibatida bir necha qishloqlar vayron qilingan. Vayronalar ostida o‘nlab insonlar halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylagan videomurojaatida Isroil “Yaqin Sharqdagi terrorga barham berish uchun” quruqlik va havo hududidagi operatsiyalarini davom ettirishini, Isroilning Livanga hujum qilishdan asosiy maqsadi “Hizbulloh”ni butunlay yo‘q qilish ekanligini aytgan.
Ma’lumot uchnu, Isroil “Hizbulloh”ga urush e’lon qilganidan buyon Livanda shaharlar butunlay vayron qilindi, 1 500 dan ortiq odam, xususan, 130 dan ortiq yosh bola halok bo‘ldi. Isroil qo‘shinlarining “Hizbulloh” infratuzilmalarini butunlay yo‘q qilish uchun Isroil hududi yaqinida “bufer zonasi”ni yaratishni maqsad qilganligi uchun chegaraga yaqin hududlarda yashovchi 1,2 milliondan ortiq odam – Livan aholisining beshdan bir qismi sharqiy Beka vodiysi hamda Bayrutning janubiy chekkalariga ko‘chirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanning janubida joylashgan Al-Kalaila aholi punkti yaqinida Isroil droni tez yordam mashinasiga zarba bergani, hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi