Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi 

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni Eron tomonidan Isroilga qarshi to‘rtta hujum to‘lqinidan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish boshlandi. Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.

“To‘rtta to‘lqindan iborat Eron hujumlaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish boshlandi”, deyiladi e’londa.

Keyinroq buni AQSH Prezidenti Donald Tramp ham tasdiqladi. 

“O‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirdi. Iltimos, uni buzmang”, deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Qayd etish joiz, oldinroq Eron Isroilning Beer-Sheva shahriga so‘nggi raketa hujumini amalga oshirgan edi. Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil o‘rtasida otashkesim bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Isroil va Eron 12 soatga to‘liq va butkul o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Eron rasman sulhni boshlaydi, 12 soatdan keyin Isroil o‘t ochishni to‘xtatadi, 24-soatda esa “dunyo 12 kunlik urushning rasman yakunlanganini kutib oladi. 

Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi agar Isroil o‘zining noqonuniy tajovuzini bugun, 24 iyun kuni soat 4:00 gacha to‘xtatsa, Eron javob bermaslik niyatida ekanini ma’lum qildi va Eron operatsiyalarni to‘xtatish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni keyinroq qabul qilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Eron-Isroil sulh otashkesim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing