Eron zarbalari oqibatida Isroilda kamida sakkiz kishi jarohat oldi

Olam

image

Isroil qutqaruv xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari oqibatida kamida sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, 15 mart kuni Tel-Avivning turli hududlarida to‘rt kishi raketa parchalari tegib ketishidan jarohat olgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 60 yoshli erkak boshiga shisha parchasi tushishi oqibatida o‘rta og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Yana uch kishiga portlash zarba to‘lqini sabab joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Isroil politsiyasi kuzatuv kamerasi yozuvini e’lon qilgan. Unda Tel-Aviv hududida kassetali o‘q-dorining yerga tushgan lahzasi aks etgan. Kadrlarda snaryad ko‘chada turgan odamlar yaqinida portlagani ko‘rinadi.

Kunning ikkinchi yarmida qutqaruvchilar yana ikki erkak – 44 va 62 yoshli shaxs jarohat olganini ma’lum qilgan. Ularning jarohatlari yengil bo‘lgan. Tunda esa raketa parchalari tushishi oqibatida taxminan 80 yosh atrofidagi ikki fuqaroga tibbiy yordam kerak bo‘lgan.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 28 fevraldan buyon jami 3195 nafar isroillik kasalxonaga yotqizilgan. 15 mart ertalab holatiga ko‘ra, ulardan 81 nafari hanuz shifoxonada qolmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilda ballistik raketalarni ushlab qolish vositalari jiddiy darajada kamayib ketgan, baza bo‘sh qolgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Tel'-Aviv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing