Eronda 3 nafar namoyish ishtirokchisi qatl etildi

Olam

image

Eronda joriy yil yanvar oyidagi namoyishlarning uch ishtirokchisi huquq-tartibot idoralarining ikki xodimini o‘ldirganlik uchun qatl etildi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi. 

“Erondagi yanvar tartibsizliklarida qatnashgan uch nafar mahkum huquq-tartibot idoralarining ikki xodimini o‘ldirgani uchun osib o‘ldirildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayblanuvchilar Eronda yanvar oyida bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlar vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlarini o‘ldirganliklarini tan olgan. Bundan tashqari, ular AQSH va Isroil manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritganlikda ayblangan.

Eslatib o‘tamiz, Erondagi namoyishlar 2025 yil dekabr oxirida milliy valyutaning qadrsizlanishi (devalvatsiya) sababli boshlangan, biroq keyinchalik tartibsizliklarga va hukumatga qarshi aksiyalarga aylanib ketgan edi.

Shuningdek, mamlakatda internet ishlamay qolgan, ham xavfsizlik kuchlari, ham g‘alayon ishtirokchilari orasida qurbonlar borligi xabar qilingandi. Tartibsizliklarni tashkil etishda AQSH va Isroilni ayblagan Eron hukumati 12 yanvarda vaziyat nazoratga olinganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron namoyish qatl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing