Pentagon Kongressdan Eron bilan urush uchun 200 mlrd AQSH dollari so‘ramoqchi

Olam

image

Pentagon Oq uydan Eronga qarshi urushni moliyalashtirish uchun Kongressga 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish so‘rovi bilan murojaat qilishni ma’qullashni so‘radi. Bu haqda ma’muriyatning yuqori lavozimli vakiliga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi.

Nashrning uchta suhbatdoshiga ko‘ra, bu raqam harbiy kampaniya uchun allaqachon sarflangan mablag‘lardan ancha yuqori. Ushbu mablag‘lar Eronga berilgan zarbalar davomida ishlatib bo‘lingan asosiy qurol-yarog‘ turlarini ishlab chiqarishni zudlik bilan kengaytirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

“Oq uyning ayrim mulozimlari Pentagonning bu so‘rovi ma’qullanish uchun real imkoniyatga ega emas deb hisoblamoqda”, deydi manba. 

Kongressdagi ko‘plab demokratlar bu tashabbusga qarshi chiqishi kutilmoqda. Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, so‘nggi ikki hafta ichida Pentagon moliyalashtirish bo‘yicha bir nechta turli variantlarni ilgari surgan. Vazirlik yakunda Kongressdan aynan qancha mablag‘ so‘rashi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi urush xarajatlari faqat birinchi haftaning o‘zidayoq 11 milliard dollardan oshib ketgan. “Financial Times” nashrining yozishicha, Tramp ma’muriyati urush boshlanganidan beri yillarga mo‘ljallangan muhim o‘q-dorilar zaxirasini, xususan, uzoq masofaga uchuvchi Tomahawk raketalarini sarflab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi mojaro ochlikdan aziyat chekuvchilar sonining 45 million kishiga ko‘payishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Bu dunyodagi ochlik darajasi rekord darajaga yetishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pentagon Oq uy Kongress

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing