Eronda elektr yetishmovchiligi bois davlat idoralari yopilmoqda

Olam

image

Eronda anomal issiqlik, suv sathi pasayishi va elektr uzilishlari ortidan hukumat favqulodda choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi 31 viloyatdan kamida 15 tasida davlat idoralari butunlay yopiladi yoki qisqartirilgan ish jadvaliga o‘tadi.

Bunga energiya iste’molini kamaytirish zarurati sabab bo‘lgan. Tegishli qaror Energetika vazirligining so‘roviga binoan qabul qilingan va suv hamda elektr resurslaridan foydalanishni boshqarishga qaratilgan.

Tehron, Ardabil, Xurmuzgon va Alborz viloyatlari bunga qo‘shilgan. Favqulodda va muhim xizmatlar ishlashda davom etadi.

Eron Energetika vaziri Ali Akbar Mehrabianning aytishicha, havo harorati odatdagidan keskin oshib ketgani oqibatida mamlakatda elektr energiyasi iste’moli 9 foizga oshgan – bu hokimiyat kutgan eng yomon ssenariydan ham yuqori ko‘rsatkich. 

Iyul oyining o‘rtalaridan boshlab janubiy hududlarda harorat 50 darajadan oshgan. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab elektr tizimining haddan tashqari yuklanishiga va keng ko‘lamli uzilishlarga olib kelgan. 

Shuningdek, suv omborlaridagi suv miqdori kamaygani sababli Tehronda suv bosimi ham kamaytirilgan. Mahalliy OAV bu qurg‘oqchilikni so‘nggi 100 yildagi eng kuchlisi deb atamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilanib, birinchi marta yozgi iste’mol hajmi qishgi iste’mol hajmini ortda qoldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Eron anomal issiq Ali Akbar Mehrabian

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing