Eronga yangi oliy rahnamo tayinlandi – OAV

Olam

image

Eron Islom respublikasining Ekspertlar kengashi Mujtabo Xomanaiyni Eronning yangi oliy rahbari lavozimga sayladi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi.

56 yoshli Mujtabo – AQSH va Isroil bombardimonlari oqibatida halok bo‘lgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li. So‘nggi o‘n yil davomida u ochiqchasiga “voris” sifatida tilga olib kelinar edi.

1980–1990 yillarda Mujtabo “ko‘rinmas askar” sifatida faoliyat yuritgan. Ko‘plab eronlik siyosatchilardan farqli ravishda, u ommaviy chiqishlardan chetda bo‘lib, faoliyatini soyada olib borgan. U Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va maxsus xizmatlar tizimida tajriba orttirgan. 2000 yillar o‘rtalaridan boshlab u “kuch bloki”ni nazorat qilgani, armiya, dengiz va havo kuchlari ustidan otasiga ko‘mak bergani aytiladi.

Mujtabo “qarshilik me’mori” sifatida ham tilga olinadi. U inqilobni proksi kuchlar orqali eksport qilish strategiyasining muallifi sifatida ko‘riladi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Eronda rahbar almashishi siyosiy yo‘nalish o‘zgarishini anglatmaydi, balki uslub o‘zgarishini bildiradi. Mujtabo qat’iy pragmatik sifatida tanilgan. U “gibrid urush” tarafdori va G‘arb bilan keskin qarama-qarshilikni yoqlaydi. Uning davrida yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolishi yoki yanada qattiq shartlar bilan davom etishi mumkin.

Shuningdek, yangi rahbar iqtisodda o‘zini o‘zi ta’minlash siyosati va harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishi kutilmoqda. Bu esa sanksiyalar bosimi ichki mobilizatsiyani yanada kuchaytirishi ehtimolini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi rahbariyatiga qarshi navbatdagi zarba berilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing