Faxriddin Xamroyev jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 4495 1 daqiqa
Hindistonning Nyu-Dehli shahri mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Faxriddin Xamroyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. U 400 metr masofaga yugurish bellashuvi finalida ishtirok etdi.
Kecha, 3 oktyabr kungi T12 klassida 400 metr masofaga yugurish bellashuvi finalida ishtirok etgan Faxriddin Xamroyev 50.11 soniyada marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi, biroq birinchi natijani qayd etgan marokashlik Mahdi Afri musobaqa reglamentini buzgani sababli, diskvalifikatsiya qilindi va oltin medal Faxriddin Xamroyevga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasida 400 m masofaga yugurish (T12):
- Oltin medal: Faxriddin Xamroyev (O‘zbekiston) - 50.11 soniya;
- Kumush medal: O‘g‘uz Akbulut (Turkiya) - 50.84 soniya;
- Bronza medal: Kissanapong Tisuvan (Tailand) - 50.98 soniya.
Ma’lumot uchun, Faxriddinning natijasidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining medallar soni 10 tani tashkil etmoqda.
- 4 ta oltin;
- 4 ta kumush;
- 2 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayollar o‘rtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli Karomat Omonova 13,07 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilab, jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, F32 toifasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Jasur Xo‘jayev o‘z urinishlari davomida 9,96 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi