“Falokat yoqasidamiz”. BMT oziq-ovqat xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat sabab oziq-ovqat falokati yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti xabar qildi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Hormuz bo‘g‘ozidagi uzoq davom etayotgan inqiroz o‘g‘itlar va energiya resurslari eksportini izdan chiqarib, oziq-ovqat narxlarining oshishiga hamda hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkinligi haqida bayonat bergan.

Tashkilotning ta’kidlashicha, neft va gaz narxlarining keskin oshishi yashash xarajatlarini ko‘paytiradi va bu ayniqsa, aholining eng zaif qatlamlari turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Zarur resurslar o‘z vaqtida yetib kelmasa, ishlab chiqaruvchilar kamroq imkoniyat bilan ishlashga majbur bo‘ladi”, degan tashkilotning bosh iqtisodchisi Maksimo Torero.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa kambag‘al mamlakatlar xavf ostida qolishi mumkin. Chunki ekin ekish kalendariga bog‘liq holda resurslar yetishmasligi ishlab chiqarish hajmining tez kamayishiga, inflyatsiyaning oshishiga va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib keladi.

FAO oziq-ovqat iqtisodiyoti bo‘limi direktori Devid Labord esa bioyoqilg‘iga talab ortsa, oziq-ovqat narxlari ham oshishini ta’kidlagan.

“Biz resurslar inqirozi ichidamiz, uning falokatga aylanishini istamaymiz. Natija qanday choralar ko‘rishimizga bog‘liq”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda Isroil va AQSH tomonlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlangandi, ammo kelishuvga erishilmagan. AQSH 13 aprel kunidan Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilishni boshlagan. Tehron mazkur harakatlarni qaroqchilik deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT FAO oziq-ovqat falokati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing