Faollar UFC Oq uy turnirini bekor qilishni talab qilmoqda

Sport

image

Inson huquqlari tashkiloti Public Integrity Project Oq uy hududida UFC musobaqasini bekor qilishni talab qilib federal sudga murojaat qildi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib, CBS xabar berdi.

Tadbir joriy yilning 14 iyun kuni Oq uy maysazorida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda tribunalar va oktagon qurilishi allaqachon boshlangan. Faollar bu tashabbusni “chuqur korrupsiya” deb baholamoqda.

“Bu tadbir “Amerika mustaqilligining 250 yilligini nishonlash” emas… Aksincha, UFC 250 va Promouterlar va ularning reklama beruvchilarining moliyaviy manfaatlari uchun tashkil etilmoqda”, deyiladi da’vo arizasida.

Da’vo arizasida milliy bog‘ hududida tijoriy sport turnirini o‘tkazish federal qonunlarni buzishi mumkinligi ham ta’kidlangan. Shuningdek, Janubiy maysazorda sport arenasi va katta ark qurilishi Kongress tomonidan tasdiqlanmagani va majburiy ko‘rib chiquvdan o‘tmagani qayd etilgan.

Turnir joriy yilning 4 iyul kuni nishonlanadigan AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan. Tomoshabinlar uchun atrofdagi ko‘chalarga yirik ekranlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Oq uy turniri joriy yil 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning markaziy jangida yengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing