Farg‘onada fura yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 10 oktyabr kuni soat 06:02 da “Yangi Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 Andijon–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Volvo rusumli furada sodir bo‘lgan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:22 da yetib kelgan. Yong‘in 06:23 da o‘rab olinib, 06:26 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘inning sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Volvo rusumli yuk avtomobili yonib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Farg'ona fura Volvo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing