Farg‘onada kuchli qor yoqqani sabab reyslar o‘zgartirildi
Olam
−
23 yanvar 2727 2 daqiqa
Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli qor yog‘ishi) tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, quyidagi reyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirilgan:
“S7 Airlines” aviakompaniyasining Irkutsk – Andijon yo‘nalishidagi C76311 reysi ekipaji O‘shdagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da qo‘ndi).
“Air Samarkand” aviakompaniyasining Jidda – Namangan yo‘nalishidagi 9C5010 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:27 da qo‘ndi).
“Ural Airlines” aviakompaniyasining Yekaterinburg – Namangan yo‘nalishidagi U62963 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da qo‘ndi).
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Samara – Namangan yo‘nalishidagi HY9806 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 04:11 da qo‘ndi).
“FlyOne Asia” aviakompaniyasining Madina – Namangan yo‘nalishidagi 7Q4452 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘nalishni o‘zgartirishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 06:05 da qo‘ndi).
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi vaqtda Namangan xalqaro aeroporti odatiy rejimda ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron havo hududi mamlakatdagi namoyishlar fonida barcha samolyotlar uchun yopilgani sababli, O‘zbekiston samolyotlari ham jo‘nash aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgandi.
Live
Barchasi