Farg‘onada sevgan qizi bilan xabar yozishgan 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 yanvar kuni Farg‘ona shahrida 9-sinf o‘quvchisi R.Y. o‘zi yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, marhumning onasi 2025 yil 25 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va bola opa-ukalari bilan tog‘asining qaramog‘ida qolgan. U 13 yanvar kuni o‘zi yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismiga chiqib, pastga sakrash oqibatida vafot etgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, marhum o‘z joniga qasd qilishdan oldin yoqtirgan qizi bilan SMS-xabarlar yozishgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga Farg‘ona shahar IIB hamda prokuratura xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi yetib borgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qilib, xat qoldirib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing