Farg‘onadagi maktabda ona va bola ayovsiz kaltaklandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida ayol va uning o‘g‘lini ayovsiz kaltaklagan erkakka jinoyat ishi qo‘zgatildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 mart kuni fuqaro M.K. Marg‘ilon shahar, Istiqlol mahallasidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 5-sinfida o‘qiydigan o‘g‘li M.E.ni ko‘rgani borgan paytda, fuqaro J.X. uning farzandini do‘pposlab urayotganini ko‘rib, ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq, fuqaro J.X. bezorilik harakatlarini davom ettirib, M.K. va M.E.ni badanining turli joylariga urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Marg‘ilon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida “Molotok” laqabli zo‘ravon va uning guruhi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona bezorilik Marg'ilon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing