“Fenerbaxche” Mourinyuni iste’foga chiqardi

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi portugaliyalik bosh murabbiysi Joze Mourinyuni iste’foga chiqardi.  Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Mourinyuning iste’fosiga jamoaning Chempionlar ligasidan saralashidagi mag‘lubiyat sabab bo‘lgan.

“2024/25 yilgi mavsumdan buyon professional futbol jamoamizni boshqarib kelayotgan Joze Mourinyu bilan xayrlashdik. Unga klubimiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusidagi faoliyatida omad tilaymiz”, deyiladi “Fenerbaxche ” klubining rasmiy bayonotida.

Mourinyuning jamoasi Chempionlar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Lissabonning “Benfika” klubiga umumiy hisobda mag‘lub bo‘lib, asosiy bosqichga chiqa olmadi. Shundan so‘ng jamoa  rahbariyati Mourinyuga endi ishonch bildirmaslikka qaror qildi va shartnomani bekor qildi. Joze Mourinyu 2024 yildan beri “Fenerbaxche”ni boshqarib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda uning jamoasi Turkiya Superligasida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, Mourinyu murabbiylik faoliyati davomida “Portu”, “Chelsi”, “Inter” va “Real Madrid”da katta yutuqlarga erishgan. Biroq uning “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Roma”dagi faoliyati ko‘proq muvaffaqiyatsizliklar bilan esda qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning boshqa bir klubi – “Istanbul Bashakshehir” ham Konferensiyalar ligasi saralash bosqichidan o‘ta olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Joze Mourin'o Fenerbaxche

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing