FIDE prezidenti saylovi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Sport

image
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tashkilotning navbatdagi kongressi va prezidentlik saylovi joriy yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu kongress joriy yilning 20-27 sentyabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu davr mobaynida FIDE prezidenti saylovi ham o‘tkaziladi. Shuningdek, vitse-prezidentlar va mintaqaviy rahbarlar lavozimlari uchun ham saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

FIDE Bosh assambleyasi esa 26–27 sentyabr kunlariga belgilangan. Tashkilotga 2018 yildan beri Arkadiy Dvorkovich rahbarlik qilib kelmoqda. Uning o‘rinbosari sifatida esa 15-jahon chempioni, hindistonlik Vishvanatan Anand faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladigan shaxmat olimpiadasi hisoblanadi.

Maqola muallifi

Teglar

Samarqand saylov FIDE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing