AQSH FIFA’ni JCH chiptalari narxini pasaytirishga chaqirdi

Sport

image

AQSH Kongressining qariyb 70 nafar a’zosi FIFA’ga 2026 yilgi Jahon chempionati uchun chiptalar narxini pasaytirishga chaqirib xat yubordi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kongress a’zolari FIFA’ni turnirni o‘tkazish xarajatlarini qoplashda qiynalayotgan mezbon shaharlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga ham chaqirgan. Mazkur tashabbus Kaliforniya shtatidan Vakillar palatasi a’zosi Sidney Kamlager-Dove tomonidan ilgari surilgan.

Kamlager-Dovening aytishicha, ko‘plab muxlislar, mahalliy tadbirkorlar va shahar rahbarlari vaziyatdan norozi. Uning ta’kidlashicha, xavfsizlik, muxlislar uchun tashkil etiladigan tadbirlar, transport va boshqa ko‘plab xarajatlar asosan mezbon shaharlar zimmasiga tushmoqda.

“Savol shuki, mezbon shaharlarga bundan qanday foyda bor? Agar kimdir barcha resurslaringizdan foydalanib, buning evaziga deyarli hech narsa bermasa, unda mezbon bo‘lishdan qanday naf bor?” deydi Kamlager-Dove.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dekabr oyida Yevropa futbol muxlislari tashkiloti (EFSA) ham FIFA’ga murojaat qilib, chiptalar narxi yuqori ekanligidan shikoyat qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jahon chempionati FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing