FIFA ligalarga mavsumda bir o‘yinni xorijda o‘tkazishga ruxsat beradi – OAV
Sport
−
25 aprel 1937 2 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ligalarga milliy chempionatning bitta o‘yinini bir mavsum davomida chet elda o‘tkazishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, FIFA ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan yangi protokolda aniqroq qoidalar shakllantiriladi va qat’iy cheklovlar belgilanadi. Protokolga muvofiq, rasmiy o‘yinni boshqa davlatga ko‘chirish bo‘yicha har qanday so‘rov faqat barcha asosiy manfaatdor tomonlarning roziligi bilan ko‘rib chiqiladi va FIFA veto qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Xususan, liga FIFA’ga so‘rov yuborishdan oldin klublar vakillik qiladigan milliy assotsiatsiya, u a’zo bo‘lgan konfederatsiya, o‘yinni o‘tkazishni rejalashtirgan mamlakatning milliy assotsiatsiyasi va uning konfederatsiyasidan ruxsat olishi kerak.
Agar o‘yinchilarning salomatligi, yuklamalar va ko‘p sonli safarlar bilan bog‘liq xavotirlar yuzaga kelsa, FIFA so‘rovlarni bloklashi mumkin. Shu bilan birga, har bir davlat mavsum davomida boshqa ligalarning ko‘pi bilan beshta o‘yinini qabul qila oladi.
2014 yilda ishlab chiqilgan amaldagi qoidalarga ko‘ra, FIFA “xalqaro o‘yin”ni faqat tegishli tartib-taomillarga rioya qilinmagan taqdirdagina to‘xtatishi mumkin edi. Yangi protokollar keyingi mavsum boshlanishidan oldin kuchga kirishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Ispaniya La Ligasi va Italiya A Seriyasi mos ravishda Mayami va Avstraliyaning Pert shaharlarida chempionat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq “Vilyarreal” – “Barselona” va “Milan” – “Komo” uchrashuvlari mahalliy hokimiyat organlarining e’tirozlaridan so‘ng bekor qilindi.
Live
Barchasi