FIFA mundial oldidan muxlislar uchun qoidalarni kuchaytirdi
Sport
−
05 iyun 814 1 daqiqa
FIFA 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlari paytida stadionlarda plastik idishlarni olib kirish xavfsizlik sabablariga ko‘ra taqiqladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Dastlab tashkilotchilar stadionlarga bo‘sh va shaffof plastik idishlarni olib kirishga ruxsat bergan edi, ammo keyinchalik oxirgi pallada qoidalar qat’iylashtirildi. Shuningdek, taqiqqa boshqa idishlar ham kiritildi – stakanlar, bankalar va tunuka idishlar ham.
Bu qarorning sababi – tribunadan otilgan butilkalar oqibatida jarohatlanish xavfi.
“FIFA barcha futbolchilar, hakamlar, muxlislar, ko‘ngillilar va xodimlar salomatligi hamda xavfsizligini himoya qilishga intiladi. Butilkalarni taqiqlash qarorimiz xavf va jarohatlarni oldini olish uchun qabul qilindi”, deyiladi FIFA bayonotida.
Qoidalar o‘zgarishi issiq ob-havo sababli muxlislar noroziligini keltirib chiqardi: ayrim stadionlarda harorat +26–28°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, stadion ichida suv ichish imkoniyati masalasi ham muhokama qilingan. Biroq FIFA bu borada sharoitni yaxshilash choralari ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha Jahon chempionati joriy yilning 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulgacha davom etadi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun