Fojiali o‘lim: Epshteyn fayllarida qozog‘istonlik qizning ismi bor
Olam
−
27 fevral 10005 3 daqiqa
Amerikalik moliyachi va yirik jinsiy jinoyatlar markazidagi shaxs Jeffri Epshteyn o‘z hamkasblari bilan qozog‘istonlik top-model Ruslana Korshunovaning hayotini va 2008 yilda uning Manxettenda fojiaviy vafot etganini muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti nashri yozdi.
Ruslana Korshunova qozog‘istonlik model bo‘lib, uzun tillarang sochlari uchun “rus Rapunzeli” deb nomlangan. Uning karerasining cho‘qqisi 2008 yilga to‘g‘ri kelgan va shu yili u G‘arbning yetakchi brendlari reklamalarida ishtirok etgan.
Korshunova 2008 yil yozda, 21 yoshini to‘ldirishidan 4 kun avval Manxettendagi uyning to‘qqizinchi qavatidan tushib ketgan. Uning vafotiga turli tahminlar bildirilgan, ammo hech kimga rasmiy ayblov qo‘yilmagan.
Ayrim ommaviy axborot vositalari Korshunovaning shaxsiy hayoti murakkab ekanligi va sektalar bilan bog‘liqligi haqida yozgan. Shuningdek, G‘arb ommaviy axborot vositalari Korshunova 18 yoshida “Epshteyn oroli”ga borganini aniqlagan.
Epshteyn hujjatlarida Korshunovaning ismi birinchi marta 2009 yil dekabr oyida paydo bo‘lgan. Uning hamkori Ramsi Elkxoli Epshteynga bir necha modellar, shu jumladan, Regina nomli ayol bilan uchrashishni taklif qilgan. Elkxoli Reginaning sevgilisi borligini, shu sababli u uchrashuvga yolg‘iz kelmasligini, shunga qarab uchrashuv zarurligini baholash kerakligini qayd etgan.
“Reginaning sevgilisi avval Ruslana (Korshunova)ning sobiq yigiti bo‘lgan. Men uni Ruslana vafot etganida tanidim, u hamisha yonida bo‘lib, politsiyaga bordi, yordam taklif qildi, onasiga tasalli berdi”, deb yozgan Elkxoli.
Keyinchalik Elkxoli yigit haqida salbiy fikr bildirgan. 2011 yil 1 yanvardagi xatda u Epshteynga yigit Reginani odamlarning ko‘z o‘ngida urib tashlangani, telefoni o‘g‘irlangani va shuningdek, Reginani narkotik moddalar iste’mol qilayotganini politsiyaga xabar qilish bilan tahdid qilganini bildirgan.
“Bu Ruslana (Korshunova)ni urib tashlagan yigit emasmi?”, deb so‘ragan Epshteyn.
Elkxoli buni tasdiqlagan.
Bir necha kundan so‘ng, 2011 yil 10 yanvarda Elkxoli Reginaga model agent sifatida hamkorlik qilmasligini bildirgan, chunki u Korshunova kabi fojiaviy holatga duch kelishi mumkinligidan xavotirlangan.
“Bizning ishonchli hamkorligimizni to‘xtatish, mening fikrimcha, Ruslana Korshunova vafoti bilan bog‘liq fojiaviy holatlarni oxir-oqibat hal qilish, deb qaralishi mumkin. Chunki Regina narkotiklar iste’mol qilayotgani va Mark Kaminski bilan munosabatlarida qiynoqlarga duch kelishi haqida ko‘p xabarlar bor, men yana bir fojiaviy holat yuzaga kelishi mumkinligini ko‘ryapman”, deb yozgan Elkxoli.
Korshunovaning vafoti sabablari haqida Epshteyn o‘zining 2010 yilda ismi bekitib qo‘yilgan shaxsga yozgan xatlarida ham fikr bildirgan.
“Ruslana asosan o‘zining yigitlarining aybi tufayli vafot etgan”, degan Epshteyn.
Ma’lumot o‘rnida, Ramsi Elkxoli nyu-yorklik mashhur antropolog, tadbirkor, musiqachi va yozuvchi, “Monotronic” musiqiy guruhi asoschisi va Epshteyn bilan modellarni kasting qilishda “hamkor” bo‘lgan. Epshteyn faylarida Elkxoli 2203 marta tilga olingan, ular Epshteyn bilan model agentliklari, moda jurnallari sotib olish va go‘zallik tanlovlarini tashkil qilish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Ularning maqsadi shunda ediki, bu orqali kambag‘al va ambitsiyali qizlar bilan tanishish va ularni model vizasi orqali AQSHga qonuniy olib kelish imkoniyati yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha navbatdagi hujjatlar e’lon qilingani, unda Qozog‘istonning Davlat xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimov hamda Milliy bank sobiq rahbari Qayrat Kelimbetovning ismlari ham borligi aytilgandi.