Fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kira oladigan davlatlar ro‘yxati kengayadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududiga kirish uchun vizasiz rejim joriy etiladigan davlatlar ro‘yxati kengaytiriladi. Bunga yangidan tashkil etilgan Turizm qo‘mitasi mas’ul bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z borgan.

Qolaversa, Qo‘mita Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston hududiga kirish va uning hududida bo‘lish bilan bog‘liq tartib-taomillarni soddalashtirishga ham mas’ul bo‘ladi. 

Jumladan: 

•    Respublikaning turizm-transport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan takliflarni;

•    Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan birgalikda 2026 yil 1 martga qadar O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasini 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish ham Qo‘mita zimmasiga yuklangan.

Qo‘mita Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026 yil 1 aprelga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan turistik xizmatlar bozorlarida marketing strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim: 

•    Milliy turistik mahsulotlarni faol sayohat qiluvchi aholiga ega xorijiy davlatlarda ommalashtirish;

•    turizm sohasida targetlangan reklama tizimini keng joriy etish.

Qarorga Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Madaniy meros agentligi, Qo‘mita bilan birgalikda turistlarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish maqsadida 2026-2028 yillarda quyidagi loyiha va chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan:

•    Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy ob’ektlarni bog‘lovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha “Samarqandning meros yo‘li” loyihasini;

•    aholining turmush tarzi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uyg‘unlashtirgan holda, Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasini jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantirish;

Toshkent shahri bo‘yicha:

•    Modernizm yodgorliklarini UNESCO’ning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha materiallar taqdim etish;

•    eng ko‘p mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida e’tirof etilishiga erishish.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qo‘mita hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda quyidagi tartibda jahonga mashhur kiyim-kechak brendlarini savdo-ko‘ngilochar majmualarga jalb qilish hamda shaharlar chetlarida (atroflarida) milliy arxitektura uslubiga asoslangan zamonaviy autlet markazlarni tashkil etish choralarini ko‘rishi lozim:

•    Birinchi bosqichda (2030 yilgacha) – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida;

•    ikkinchi bosqichda (2030 yildan boshlab) – turistik salohiyati yuqori bo‘lgan boshqa aholi punktlarida.


Maqola muallifi

Teglar

viza turizm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing