Fuqarolik olib berishni va’da qilgan hokimlik mansabdori ushlandi
3-sahifa
−
29 iyul 5586 1 daqiqa
Toshkent shahar Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘ydirib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuzilish holatida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln so‘mlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini Qarshi tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlangan.
Bildirishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi 10 ming dollar, MCHJ rahbari esa 4400 dollar pora bilan ushlangani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi