Isroilda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berildi
3-sahifa
−
11 mart 20715 2 daqiqa
Avvalroq, Isroilda Eron raketa zarbalari oqibatida o‘zbekistonlik Rustam G‘ulomov halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum 2017 yilda O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqan va Isroil fuqaroligini olgan. Bu haqda ushbu mamlakatdagi O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lgan 62 yoshli Rustam Gulomov O‘zbekistonda tug‘ilib voyaga yetgan. U 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan. So‘nggi 14 yil davomida Isroilda yashab kelgan va mazkur davlat fuqaroligini olgan.
“O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi marhumning oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
11 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgani haqida elchixonaga xabar tushmagan.
Ayni paytda Isroil hududida vaziyat keskinligicha saqlanib qolayotganini inobatga olgan holda, elchixona ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki doimiy yashab kelayotgan barcha o‘zbekistonliklarni o‘z hayoti va asrash maqsadida ogohlantirish signallariga jiddiy munosabatda bo‘lishga va xavfsizlik talab hamda qoidalariga qat’iy rioya qilishga yana bir bor chaqirib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hujum oqibatida 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ikkala ishchi ham o‘sha hududda yashab, qurilishda ishlagan. Amid Murtuzov kecha, 10 mart kuni shifoxonada vafot etgan. Shu bilan Isroilda urush boshidan beri halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan.
Live
Barchasi