Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Olam

image

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniyaning Eronga qarshi urushda qatnashmasligini ta’kidladi. Bu haqda u parlamentdagi muhokamada so‘z ochdi.

Vazir Germaniya mojaron tomonda emasligini, balki keskinlikni pasaytirish va zo‘ravonlikning kengayishini cheklashga harakat qilishini bildirgan.

Bundestagda o‘tkazilgan muhokamada Pistorius urushdan keyingi davr uchun aniq strategiya zarurligini aytgan. Uning fikricha, harbiy mojaroni boshlash oson, ammo uni yakunlash qiyin. Shu sababli mintaqadagi muammolarni faqat harbiy kuch bilan hal qilish mumkin emas.

Qolaversa, Parlament muhokamalarida siyosiy partiyalar turli pozitsiyalar bildirgan. Norbert Ryottgen Xristian-demokratik ittifoqi tashqi siyosat eksperti sifatida Erondagi hokimiyat tizimini “maksimal zaiflashgan terrorchi rejim” deb atagan va bu Eron aholisi hamda mintaqaviy xavfsizlik uchun ijobiy natija bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Ines Shverdtner So‘l partiya vakili sifatida Germaniya kansleri Fridrix Mersni Eronga berilgan zarbalarni xalqaro huquqni buzish deb ochiq aytmaganlikda tanqid qilgan. U tashqi kuchlar tomonidan rejim almashtirish urushni yanada kuchaytirishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya va Germaniya Isroilga yordam ko‘rsatish uchun o‘z kuchlaridan foydalanishga tayyor ekanliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing