Klopp JCHdan keyin Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin – OAV
Sport
−
12 mart 621 1 daqiqa
Germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Klopp 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Hozirda Germaniya terma jamoasiga Yulian Nagelsman murabbiylik qilmoqda. Biroq, agar jamoa Jahon chempionatida kutilgan natijani qayd eta olmasa, uning bosh murabbiy sifatidagi kelajagi xavf ostida qolishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Ammo keyingi ikki turnir 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida jamoa guruh bosqichidan o‘ta olmadi. Shu sababli, bo‘lajak musobaqada jamoadan katta natija kutilyapti va Nagelsmannga qo‘yilayotgan talablar ham yuqori.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Red Bull kompaniyasi Kloppning global futbol rahbari sifatidagi faoliyatidan to‘liq qoniqmayapti. Germaniyalik mutaxassis ushbu lavozimni 2025 yildan buyon egallab kelmoqda. Shunga qaramay, kompaniya uning yozda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi uchun to‘sqinlik qilmasligini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Klopp Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyligini egallashi mumkinligi haqida ham xabar berilgandi.
Live
Barchasi