Germaniyada miyani kompyuterga ulash operatsiyasi o‘tkazildi
Bu qiziq
−
18 Oktabr 2460 1 daqiqa
Germaniyaning Myunxen texnika universiteti klinikasi shifokorlari bo‘yin pastidan falaj bo‘lgan 25 yoshli bemorning miyasiga elektron uzatkich o‘rnatdi. Bu haqda kecha, 17 oktyabr kuni “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bemor miyasiga jami 256 ta mikroelektrod ulangan. Ular neyron signallarni qayd etadi. Sun’iy intellekt asosidagi tizim bu signallar va bemorning qo‘l-harakatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, ularni dekodlaydi. Dastlabki bosqichda bemor faqat fikr kuchi orqali kompyuter monitoridagi kursorni harakatlantira oladi va sichqoncha tugmasini “bosish” signalini bera olishi kutilmoqda. Keyingi bosqichda esa u smartfon hamda robot qo‘lni boshqarishni o‘rganadi.
Operatsiya 5 soat davom etgan va bu orqa miya falaji bilan og‘rigan bemorga Yevropada o‘tkazilgan birinchi shunday jarrohlik amaliyoti bo‘lgan. 2022 yilda shu klinika insultdan so‘ng nutq buzilishidan aziyat chekkan bemorga shunga o‘xshash implant o‘rnatgan.
Myunxenlik shifokorlarning aytishicha, bu texnologiya sohasida ularning asosiy raqibi – AQSH.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvar oyida Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi birinchi marta inson miyasiga neyrochip o‘rnatgan va uning yordamida odamlar o‘z fikrlari orqali gadjetlarni boshqara olish imkoniga ega bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr