“Geymer Prezident”. Trampning Minecraft’dagi personaji e’lon qilindi
Olam
−
17:59 1132 1 daqiqa
Oq uy AQSH Prezidenti Donald Trampning Minecraft o‘yinidagi qahramon ko‘rinishida tasvirlangan fotosuratini e’lon qildi. Ushbu rasm Oq uyning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylandi.
Postga “Amerikaning eng pro-geymer Prezidenti!” degan yozuv ham qo‘shilgan. Ushbu surat va izoh AQSHda raqamli texnologiyalar sohasida ishlab chiqish va tadqiqotlar uchun berilgan soliq imtiyozlari mamlakatda videoo‘yinlar ishlab chiqarish hajmini oshirgani haqidagi postga javoban joylangan.
Ma’lumot uchun, Minecraft – kub shaklidagi bloklardan tashkil topgan, protsessual tarzda yaratilgan dunyolarni o‘rganish va o‘zlashtirishga asoslangan “sandbox” janridagi kompyuter o‘yini. Unda o‘yinchilar qurish, izlanish, jang qilish, omon qolish va o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Shu bois bu loyiha ta’lim sohasida ham qo‘llanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Xitoy armiyasiga sun’iy intellekt chiplari yordam berishidan xavotirda bo‘lishiga qaramay, Donald Tramp Nvidia H200 chiplarini nihoyat Xitoyga sotishga rozi bo‘lgandi.