Yangi yilda G‘azo Tinchlik Kengashi tarkibi e’lon qilinadi

Olam

image
BMT Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi north_east

BMT Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

G‘azo Tinchlik Kengashida dunyoning qaysi yetakchilari xizmat qilishi kelasi yil boshida e’lon qilinadi. Bu haqda kecha, 10 dekabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

Tramp Oq uydagi Ruzvelt xonasida o‘tkazilgan iqtisodiy tadbir paytida jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi nozik oteshkesim bunyod etgan G‘azo rejasi doirasida tashkil etilgan mazkur Kengashga turli mamlakat yetakchilari qo‘shilishni istamoqda.

Trampning aytishicha, “podshohlar, Prezidentlar, Bosh vazirlar – barchasi Tinchlik Kengashida bo‘lishni istaydi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarkib yangi yilda e’lon qilinadi.

“Bu eng afsonaviy kengashlardan biri bo‘ladi. Hamma unda bo‘lishni xohlayapti”, dedi u.

BMT Xavfsizlik Kengashi 17 noyabrda qabul qilgan rezolyutsiyada Tinchlik Kengashi tashkil etilgani hamda unga hamkor mamlakatlar bilan birga G‘azoda vaqtinchalik Xalqaro Barqarorlashtirish Kuchlari tuzish vakolati berilgani qayd etilgan.

AQSH tomonidan ishlab chiqilgan mazkur rezolyutsiyada Tinchlik Kengashi “G‘azoning tiklanishi uchun mablag‘larni muvofiqlashtiradigan va asosiy yo‘nalishlarni belgilab beradigan o‘tish ma’muriyati” sifatida ta’riflangan. Bu Trampning 20 banddan iborat tinchlik rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, Tinchlik Kengashi “Falastin ma’muriyati o‘z islohot dasturini yetarli darajada yakunlab, G‘azoni xavfsiz va samarali boshqara oladigan vaqtgacha” faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp G'azo Tinchlik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing