Google Gemini platformasida o‘zbek tili joriy etildi

Jamiyat

image

Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili rasman joriy etildi. Bu haqda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” sessiyasida muhim yangilik e’lon qilingan. Muhokama ishtirokchilari qatorida bo‘lgan Google Cloud’ning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich Google Gemini platformasi endi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qilgan.

“Ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy AI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi”, deyiladi xabarda. 

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sun’iy intellekt texnologiyalari ishlab chiqishda yetakchi hisoblangan OpenAI kompaniyasi dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbek tili OpenAI Google Gemini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing